Savdo botlari

Fyuchers grid savdosi bo’yicha tezkor kurs

2023-06-13 03:45061

Bozor narxlari o’zgarib turishi sharoitida bozor o’zgaruvchanligidan foydalanish uchun fyuchers grid boti yordamida muntazam ravishda pas t narxda xarid qilishingiz va yuqori narxda sotishingiz mumkin. Bozor trendlariga moslashing va foyda oling!

1. Fyuchers grid savdosi nima?

Fyuchers grid fyuchers savdosiga grid savdosi botlarini qoʻllash uchun yaratilgan. Treyderlar fyuchers gridida uzoq yoki qisqa savdo qilishni tanlashlari mumkin. Uzoq savdo tanlanganda, uzoq pozitsiya past narxda sotib olish va yuqori narxda sotish orqali griddan foyda qilish maqsadida (gridlar soni) oldindan belgilangan parametrlar va narx diapazonida ochiladi. Quyidagi jadval uzoq fyuchers gridlar qanday ishlashini koʻrsatadi. Qisqa pozitsiyalarni ochish va yopish uchun ayni prinsip qoʻllanadi.

Fyuchers grid savdosi bo’yicha tezkor kurs image 0

2. Fyuchers grid ilovalari

Fyuchers gridning asosiy funksiyasi bu bozor oʻzgaruvchanligidan foydalanishdir. Agar uzoq vaqt davomida oʻzgaruvchan bozorda qoladigan boʻlsangiz, fyuchers grid xususiyatidan foydalanish yaxshi fikr boʻlishi mumkin. Fyuchers grid baʼzi uzoq/qisqa ogʻishga ham ega boʻlishi mumkin. Xususan, uzoq grid faqat uzoqni ochadi va yuqorilayotgan bozorga mos uzoqni yopadi hamda qisqa grid qisqani ochadi va pastlayotgan bozorda yaxshiroq foydalanish imkoniyatini beruvchi qisqani yopadi. Neytral grid qisqani joriy narxdan yuqorida ochish/yopish va uzoqni joriy narxdan pastda ochish/yopish uchun moʻljallangan. Sizga oʻzingiz duch kelgan maxsus bozor sharoitlaridan kelib chiqib mos atributlarga ega gridni tanlash tavsiya etiladi.

Fyuchers long gridi: Tebranish oʻrtasida narx oshishi kutilayotganda foydalaniladi. Bozorga uzoq pozitsiyalar bilan kiring, narx yuqori boʻlganda ularni yoping va narx pasayganda koʻproq ochishda davom eting.

Fyuchers short gridi: Tebranish oʻrtasida narx tushishi kutilayotganda foydalaniladi. Bozorga qisqa pozitsiyalar bilan kiring, narx pasayganda ularni yoping va narx pasayganda koʻproq ochishda davom eting.

3. Fyuchers grid xususiyatlari

Fyuchers gridi, spot va fyuchers orasidagi asosiy farqlar bilan tanishamiz:

Fyuchers grid:

Yoʻnalish: Uzoq va qisqa pozitsiya boʻlishidan qatʼi nazar bu bear yoki bull bozori sanaladi.

Bozor sharoitlari: Tebranishlarda narxlar tushadi va koʻtariladi

Mablagʻdan foydalanish darajasi: ★★★

Risk: Fyuchersga qaraganda pastroq risk

Foyda darajasi: Nazorat qilingan xatarlarga ega sezilarli daromad

Spot:

Yoʻnalish: Faqat uzoq

Bozor sharoitlari: Tebranishlar bilan narxlar koʻtariladi

Mablagʻdan foydalanish darajasi: ★★★★

Risk: Past

Foyda darajasi: Fyuchers gridiga qaraganda foydasi kamroq

Fyuchers:

Yoʻnalish: Uzoq va qisqa

Bozor sharoitlari: Bir tomonlama bozor

Mablagʻdan foydalanish darajasi: ★

Risk: Yuqori

Foyda darajasi: Yuqori risklar bilan yuqori daromad

Fyuchers gridining afzalliklari qanday?

1. Fyuchers grid fyuchers savdosiga qaraganda kamroq risklarga ega – fyuchers grid pozitsiyasining passiv boshqaruvi risklarni nazorat ostida ushlaydi. Dastlabki pozitsiya faqat jami mablagʻning 50% boʻlishi mumkin. Bu mablagʻni toʻliq sarmoyaga ishlatish bilan bogʻliq risklarning oldini oladi. Foydalanuvchilar past narxlarda pozitsiyalar qoʻshishi mumkin, pozitsiyalarni baland narxlarda qisqartirishi mumkin va guruhlarda foyda olishi mumkin. Yoʻqotish yuz bersa, fyuchers griddan foydalanish fyuchers savdosiga solishtirganda kamroq zarar bilan yakunlanadi.

2. Fyuchers grid savdosi aslida Bitgetda kriptovalyuta derivativlari savdosi uchun moʻljallangan bot sanaladi, u siz bozor harakatlarini bashorat qilmasdan tizimli savdo qilish imkonini beradi.

3. Fyuchers grid botini oʻrnatish bozorni kuzatish va barcha turdagi maʼlumotlarni tahlil qilish kabi murakkab ishdan xolos qiladi va vaqtingiz bilan harakatlaringizni tejaydi.

Narxlar hatto trenddagi bozorlarda qisqa vaqtga toʻgʻrilanadi. Siz botni oʻrnatishdan oldin trenddagi bozorning teskari tomonida boʻlib qolmaslik uchun axborotga ega boʻlgan holda qarorlar qabul qilishingiz lozim. Tegishli risk boshqaruvi choralarini koʻrish, qancha kredit yelkasidan foydalanishingizni hal qilish va anʼanaviy stop-loss va take-profit buyruqlarini oʻrnatishingiz lozim.

Zararning ehtimoliy sabablari

Fyuchers grididagi pozitsiya notoʻgʻri yoʻnalishda ochilgan, bu esa chayqauluvchi zararga olib keladi.

Oʻzgaruvchan bozorda grid buyurtma foydali narxga yetguncha tugatilgan.

Grid parametrlari toʻgʻri oʻrnatilmagan; narx intervali juda kichik, grid intervallari juda shiddatli yoki foydalar komissiyaga ketib qolgan.

Qanday turdagi foydalanuvchilarga fyuchers grid savdosi eng mos keladi?

Grid savdosini mashq qilishni istagan, ammo shu bilan birga kredit yelkasi yordamida foydasini oshirishni istagan foydalanuvchilarga fyuchers gridi savdosi yoqishi mumkin.

Bu vosita yordamida foydalanuvchilar bozorni kuzatmasdan turib anʼnaviy fyuchers savdosining barcha funksiyalaridan bahramand boʻlishlari mumkin. Tranzaksiyalar oʻzgaruvchan bozorlardagi arbitraj orqali koʻproq daromad olish uchun oldindan belgilangan parametrlardan kelib chiqib avtomatik amalga oshiriladi.

Bozorda pasayishga ishlaydiganlar va qisqa pozitsiyalarni tanlaydiganlar tanga narxi tushganda miqdoriy savdo qilish orqali foyda olish uchun qisqartiruvchi botlarni oʻrnatishi mumkin.

Mas’uliyatni rad etish

Fyuchers gridi savdosi tranzaksiya vositasidir. Yuqorida aytib oʻtilgan maʼlumotlar Bitget kompaniyasining moliyaviy yoki investitsiya maslahati hisoblanmasligi kerak. Fyuchers grid savdosidan olingan foydaga bir tomonlama bozor sharoitlari yoki notoʻgʻri narx intervallari taʼsir etishi mumkin. Siz fyuchers gridi savdosi strategiyangizni bozor sharoitlariga moslab oʻzgartirishingiz mumkin. Ushbu vositadan foydalanishingiz Bitgetning barcha qoidalari va shartlarini soʻzsiz qabul qilishingiz shart. Siz kriptovalyuta investitsiyalari bilan bogʻliq xavflardan toʻliq xabardor boʻlishingiz va ehtiyotkorlik bilan harakat qilishingiz kerak. Bitget.com saytidagi barcha investitsiyalar sizning haqiqiy investitsiya niyatingizni aks ettirishiga rozilik bildirasiz va investitsiya qarorlaringizdan kelib chiqadigan potentsial xavf va daromadlarni soʻzsiz qabul qilasiz.